Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashining navbatdagi 106-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tijorat banklari va tegishli tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
1) Tumanda “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida aholini biznesga jalb qilish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.
2) “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2024-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni Bulung‘ur tumanida o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga qaratilgan harakatlar rejasi hamda tuman bandlik dasturining ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari N.Sanaqulovning hisoboti.
3) Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 20-apreldagi “Bulung‘ur tumanining chegara chizig‘i chizmasi va tavsiflari loyihasining muhokamasi to‘g‘risida”gi VI-98-41-7-93-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
4) Bulung‘ur tumani Mahalliy budjetining “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2024-yil 2-mavsum jarayoni bo‘yicha g‘olib takliflarni tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risida.
5) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
6) Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2024-yil 24-maydagi VI-99-53-7-93-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.