insurez
03-08-2024 09:35

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi 103-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Tuman hokimligida, kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, tuman kengashi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) 2024-yil 2-chorak davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish, eng ko‘p kelib tushayotgan va takroriy murojaatlar, hududdagi aholi kayfiyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi mudiri Sh.Normatov axboroti to‘g‘risida.

2) Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori v.b T.Kodirovning hisoboti to‘g‘risida.

3) 2024-yil 6 oy davomida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Salimovning hisoboti.

4) Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida.

5) Tuman saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

6) Tuman mahalliy budjetining erkin qoldiq hamda qoshimcha manbalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

7) Tumanda energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsadlichlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -