Uyning qolgan pullari ham quruvchi tashkilot hisob raqamiga o‘tkazib beriladi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida yashab turgan hovlisi buzilib, uning o‘rniga Bulung‘ur tumani, “Olmazor” mahallasida qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon ajratilgan Dilnoza ismli fuqaroga Bulung‘ur tumani hokimligi tomonidan 108 million so‘m mablag‘ qachon to‘lab berilishi so‘ralgan.
Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, tumanning Fozil Yo‘ldosh mahallasida istiqomat qilib kelgan fuqaro Dilnoza Nomozovaning yashash xonadoni o‘rnida hududning kompleks qiyofasiga mos ravishda 2 qavatli zamonaviy mahalla binosi qurildi. Xususan, binoning birinchi qavavati mahalla “yettiligi” uchun ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi qavatida IT-markazi hamda elektron kutubxona tashkil etildi.
Fuqaro D.Nomozovaga esa uyining o‘rniga o‘zining roziligi asosida tumanning Olmazor mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonalik yangi uy-joy berilib, joylashtirildi. Bugungacha uy uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovning 150 million qismi to‘lab berilgan bo‘lib, qolgan 108 million so‘m mablag‘ ham quruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berilishi choalari ko‘rilmoqda.
Shu o‘rinda alohida e’tibor qaratish kerakki, D.Nomozova bugungi kunda o‘z oilasi bilan mazkur yangi uyda istiqomat qilimoqda va uy borasida muammolari yo‘q. Pullar esa fuqaroning qo‘liga berilmaydi, balki quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.