insurez
20-03-2025 09:38

Sessiya: Deputatlar Bulung‘ur tumanida yuqori iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi ijtimoiy va infratuzilma loyihalari uchun 2025-yilda davlat byudjetidan ajratilayotgan 70 mlrd. so‘m mablag‘ taqsimotini ko‘rib chiqishdi.


Yettinchi chaqriq Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 10-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiyaga kengash raisi Samandar Astonov raislik qildi. Unda tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) 2025-yilda Bulung‘ur tumanida aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti.

2) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tumanda ekologik holatni yaxshilash hamda ekologik nazoratni amalga oshirilishi bo‘yicha Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tuman bo‘limi boshlig‘i J.Nasimovning hisoboti.

3) Bulung‘ur tumanida energiya tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ijrosi to‘g‘risida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Samarqand viloyat filiali Bulung‘ur tuman Energosavdo bo‘limi boshlig‘i A.Turabov hamda “Hududgazta’minot” AJ Samarqand filiali Bulung‘ur tuman gaz bo‘limi boshlig‘i A.Xabibxonovlarning hisoboti.

4) Bulung‘ur tumanini jadal kompleks rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablag‘larni tegishli loyihalar uchun talab etiladigan infratuzilma obyektlarining manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

5) Bulung‘ur tuman hokimligi boshqaruv apparatining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Kun tartibida ko‘rilgan har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Teglar
- -