Qoramolchilik bilan shug‘illanuvchi xo‘jaliklardagi kamchiliklar tahlil qilindi
2024-yil 1-iyul holatiga ko‘ra Bulung‘ur tumanida qoramolchilik bilan shug‘illanuvchi 42 ta xo‘jaliklar mavjud bo‘lib, shundan 40 ta fermer xo‘jaligi 1 ta mchj va 1 tasini oilaviy korxona tashkil etadi. Ushbu xo‘jaliklarda jami 2586 bosh qoramollar, shundan 881 bosh sigirlar, shuningdek 1130 bosh qo‘y-echkilar va 51 bosh yilqilar parvarishlanmoqda. Qoramolchilik xo‘jaliklari tomonidan 2024 yil 1 iyul holatiga 1875 tonna sut va 120.7 tonna go‘sht yetishtirilgan. Qoramolchilik xo‘jaliklariga jami 627.2 gektar shundan, 554.2 gektar sug‘oriladigan yer maydonlari ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan.
Biroq, mazkur xo‘jaliklarning barchasida ham faoliyati risoladagidek, deb bo‘lmaydi. Tuman hokimligida o‘tgan muhokamada sohadagi mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab berildi. Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tgan muhokamada Departamentning tuman bo‘limi rahbari A.Amonov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Isokov, qishloq xo‘jaligi mas’ullari hamda qoramolchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Muhokama davomida har bir fermer xo‘jalik rahbari bilan suhbat qilinib, ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar tahlil qilindi. Xususan, chorva mollari bosh soni kam, jami chorva mollariga nisbatdan sigirlar salmog‘i kam bo‘lgan, mavjud molxonalarning sig‘imidan to‘liq foydalanilmayotganligi, soliq xisobotlarida ishchilar soni norela ko‘rsatilgan, qoramollar soni noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki tovar aylanmasi ko‘rsatilmagan, bank xisob raqamlarida pul aylanmasi ko‘rsatilmagan, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan, zooveterinariya talablariga javob bermaydigan molxona binolaridan foydalanib kelayotgan kabi holatlar yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mas’ullari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.