Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaydi
Joylarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham elektr energiyasidan yashirincha, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgan yurtdosharimizning uchrashi afsuslanarli holat.
Xususan, Bulung‘ur tumani “Changal-1” MFYda yashovchi fuqaro D.R. ijaraga olingan “Bir zumda” nomli umumiy ovqatlanish shahobchasida 2022-yilning aprel oyidan 2024-yilning yanvar oyiga qadar 54,0 ming kVt/s.lik elektr energiyasidan yashirin ravishda tijorat maqsadida foydalanib kelganligi aniqlangan.
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy bo‘limining dalolatnomasiga asosan fuqaro D.R. Bulung‘ur tuman elektr tarmoqlari korxonasiga 46 mln. 586 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi to‘g‘risida xulosa qilingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 169-modda 2-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Bu kabi salbiy holatlar kelgusida yana takrorlanmasligi, boshqalar ham to‘g‘ri xulosa chiqarishlari maqsadida mahalla-ko‘y ishtirokida o‘tkazilgan muhokamada holat keng jamoatchilikka ma’lum qilinib, ularning oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Holat yuzasidan yakuniy qarorni odil sud chiqaradi...