insurez
11-02-2025 15:24

O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?


Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko‘magida “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” PQ-175-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida treninglar tashkil etilmoqda.

 

Xususan, Bulung‘ur tumanida o‘tgan mashg‘ulotlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining psixolog va ijtimoiy xodimlari ishtirok etib, unda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hodisalariga javoban majmuaviy xizmatlar taqdim etish asoslari” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

Trening davomida gender asosidagi zo‘ravonlikning sabablari va oqibatlari, stereotiplarning ta’siri, zo‘ravonlik va nizo o‘rtasidagi farq, tegishli qonun va qoidalarni o‘rganish va qo‘llash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar, huquq-tartibot idoralari, tibbiyot muassasalari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi tarmoqlararo hamkorlikni takomillashtirish masalalarida tavsiyalar berildi.

Teglar
- -