insurez
21-02-2025 11:24

Ochiq ma’lumotlar o‘z vaqtida e’lon qilinmayapti. Sabab nima?


Bulung‘ur tumani hokimligida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilar, guruh va bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

O‘quv-soatida “Tuman hokimligi faoliyatida e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ochiq ma’lumotlar to‘g‘risida” mavzusida so‘z yuritildi. Mavzu doirasida hokimlik axborot xizmati rahbari A.JAbbarov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmonining tumandagi ijro holati haqida ma’lumot berilib, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Teglar
- -