Navbatdagi sessiyada suv resurslaridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilanadi
Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining sakkizinchi sessiyasi 2025-yil 18-fevral kuni soat 15:00ga tuman hokimligining majlislar zaliga chaqirilmoqda.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida.
2) Bulung‘ur tumanida 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik va yer qa’ridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalarini belgilash to‘g‘risida.
3) Tumanda 2025-yilda meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
4) 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.
5) Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
6) Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini belgilash to‘g‘risida.
7) Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil etish to‘g‘risida.
8) Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovi yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
9) Boshqa masalalar.