Navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori o'rinbosari Z.Xamdamov, tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor I.Salimov tomonidan qabul qilindi.
Qabul avvalida aholining uy-joy, aliment, qishloq xo‘jaligida foydalanish yoki tadbirkorlik masqsadida yer olish, uy-joy kadastri, elektr energiyasi, moddiy yordam, bandlik kabi masalalardagi murojaatlari qabul qilinib, ijro uchun ro‘yxatga olindi hamda mas’ullar belgilandi.