insurez
30-09-2024 10:53

Murojaatlarga yechim izlanadi, agar u qonuniy bo‘lsa...


Bulung‘ur tumanidagi xalq qabulxonasida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Astonov, tuman prokurori, 2-sektor rahbari I.Mustanov, tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov, tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarova tomonidan qabul qilindi.

 

Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat shu joyning o‘zid atroflicha muhokama qilinib, ularni iro etish yuzasidan aniq muddat va mas’ullar belgilab olindi. Jumladan, yo‘l ta’miri, elektr ustunlarini almashtirish, tibbiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar joyida qo‘shimcha o‘rganilishi belgilandi.

 

Shu bilan birga, o‘zga bir fuqaro nomidan qilingan, yashab turgan hovlisiga beton yotqizib berish, o‘z uyining yonidan o‘tgan ariqni qazib berish kabi na qonun talabiga, na mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan murojaatlar shu joyning o‘zida rad etildi.

 

 

 

Teglar
- -