Murojaatlar qabuli o'tkazilmoqda
Bulung‘ur tumanidagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tmoqda.
Unda murojaat va takliflar tuman hokimi, 1-sektor rahbari S.Astonov, 3-sektor rahbari J.Saidov, Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov hamda tuman hokimi o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarova tomonidan qabul qilinmoqda.
Qabul davomida aholidan asosan uy-joy, qishloq xo‘jaligida foydalanish yoki tadbirkorlik masqsadida yer olish, kadastr, elektr energiyasi, moddiy yordam, yo‘l va elektr ta’minoti kabi masalalardagi murojaatlar bildirilmoqda.
Har bir murojaat shu joyning o‘zida soha mas’ullari va murojaatchi tomon ishtirokida atroficha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olinmoqda.