insurez
25-02-2025 18:00

Mudhish qotillik jinoyati keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi


Muhokamada viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, tuman hokimi S.Astonov hamda sektor rahbarlari, jinoyat sodir etilgan mahalla yettiligi va keng jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

 

So‘zga chiqqanlar ushbu jinoyatning oldini olish mumkin bo‘lganligini, bunda mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi va xotin-qizlar faolining o‘z vazifasini sidqidildan, munosib darajada bajarmaganliklarini ta’kidlashdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari so‘ngida o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgan va lozim darajada bajarmagan har bir mas’ulning harakati yoki harakatsizligiga nisbatan ham huquqiy baho berilishi ma’lum qilindi.

 

Kelgusida bu kabi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mas’ullar oldiga aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, tizim mas’ullarining bir yoqadan bosh chiqargan holda, hamjihatlikda harakat qilishlari zarurligi, shuningdek jamoatchilik faollarining rolini oshirish borasida fikrlar bildirildi.

 

 

 

Teglar
- -