insurez
22-08-2024 09:12

Mahalla – xalq bilan mamlakat o'rtasidagi ishonch ko'prigi


Bugun mahalla tizimi tom ma’noda o‘zini-o‘zini boshqarish intitutiga aylanib ulgurdi. Xususan, tizimda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq inspektori hamda ijtimoiy xodimdan iborat “yettilik” jamlandi.

 

Tizim xodimlarining samarali faoliyat yuritishlari uchun ham barcha choralar ko‘rilmoqda. Ularni barcha sharoitlarga ega zamonaviy bino hamda zaruriy moddiy-texnik baza bilan ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.

 

Bulung‘ur tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda mahalla raislariga mahallaning ijtimoy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 15 ta planshet, 1 ta rangli printer, 3 ta monoblok kompyuteri hamda 2 ta noutbuk qurilmalari topshirildi.

 

Shuningdek, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Istiqlol mahallasida kam ta’minlangan oilaning yashash xonadonini ta’mirlashga 9 mln so‘m, Sarqipchoq mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida suv nasosi uchun 6,2 mln so‘m, Mingchinor mahallasi binosini joriy ta’mirlash uchun qariyb 8,3 mln so‘m. Mablag’lar ajratilganligi ma’lum qilindi.

 

Bundan tashqari, joriy yilda Lalmikor, Mirzaariq, Fozil Yo‘ldosh, Olmazor, Bog‘bon mahallalarida ma’muriy binolarni qurish ishlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -