insurez
29-01-2025 15:41

Kimlar davlat bojidan ozod etiladi


2020-yil 6-yanvarda “Davlat boji to‘g‘risida”gi 600-sonli qonun qabul qilngan. Ushbu qonun 5-bob, 31-moddadan iborat bo‘lib, 8-moddasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tartibi ko‘rsatilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda jismoniy va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan 46 ta holatda ozod etiladi. Qonunning 8-moddasi 45-bandida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan quyidagi holatlarga sudlarga kiritilayotgan ariza, shikoyat va da’volardan davlat boji ozod etilish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan:

– tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar, shikoyatlar va da’volar yuzasidan;

– bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, ota-onalarning muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi, ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqlaridan mahrum etmasdan olib qo‘yish haqidagi, shuningdek, agar ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan ota-onalarning o‘z bolalari bilan birgalikda yashashi mumkin emas deb belgilansa, ularni boshqa turar joy bermasdan ko‘chirib yuborish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;

– og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning hududiy bo‘linmalari huquqiy masalalarda ekspert-maslahatchilari tomonidan huquqiy yordamlar ko‘rsatiladi.

Sudga ajrim va vasiylik belgilangan shaxs manfaatini ko‘zlab da’vo arizalarni “Inson” markazi kiritmaydi. Arjrim bo‘yicha er yoki xotin kiritadi. Vasiylik belgilangan shaxs bo‘yicha uning vasiysi kiritadi. Farzandlikka olish, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi da’voni vasiylik va homiylik organi kiritadi.

Teglar
- -