insurez
18-10-2024 15:01

“Kildon-Mo‘g‘ol” yo‘lini ta’mirlash ishlari rejada bor


Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining so‘rovida Bulung‘ur tumani, Kildon-Mo‘g‘ol yo‘li ta’mirtalab holatda ekanligi ma’lum qilinib, mazkur yo‘l qachon ta’mirlanishi haqida so‘ralgan.

 

Mazkur yo‘l “Bulung‘ur tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi balansida bo‘lib, korxonaning ma’lum qilishicha, ushbu yo‘l Bulung‘ur tumani 0-33 km. oraliq qismida joylashgan. Hozirgi kunda yo‘lning 27 km. qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgan.

 

Mazkur avtomobil yo‘lining 3-18 km. oraliq qismi Abu Dabi taraqqiyot jamg‘armasining kredit mablag‘lari hisobidan keyingi yillarda ta’mirlanish uchun dasturga kiritilgan. Yo‘lning qolgan 18-30 km. oraliq qismi kelgusi yillarda ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Teglar
- -