Ishsizlar bandligini ta’minlash chorasi ko‘rilmoqda
Bulung‘ur tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman Mudofaa ishlar bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida Kildon mahallasida joylashgan Bulung‘ur kasb-hunarga o‘qitish markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Unda ishsiz fuqarolar, muddatli harbiy xizmatdan qaytganlar va harbiy xizmachilarning oila azolari, kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolardan jami 74 nafari qatnashdi.
Yarmarkada tumandagi faoliyat ko‘rsatayotgan 16 ta korxona va tashkilotlar 107 ta bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdi. Ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan fuqarolarga o‘zlarining ish faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Yarmarkaga ishga joylashish istagida bo‘lgan 25 nafar fuqarolarga tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalarga ishga joylashish uchun hamda 10 nafariga kasb-hunar maktablariga yo‘llanmalar berildi.
Tadbirda qatnashchilarining 39 nafariga O‘zbekiston Respublikasining «Aholi bandli to‘g‘risida»gi Qonuni mohiyati tushuntirilib, ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qish borasida tavsiyalar berildi.