Hududlardagi islohatlar va xalq bilam muloqat – amalda!
Samarqand viloyati Bulungʻur tuman 12-Bulungʻur okrugi deputati Toʻlqinjon Sultanov tomonidan Bulungʻur tumanida saylov oldi dasturlari va yoʻl xaritalarida koʻrsatilgan loyihalar boʻyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Bulungʻur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Bulung’ur OSHP binosiga “Alfa Solara Energy” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shartnoma asosida 2023-yilda quyosh panellari oʻrnatilgan boʻlib, haqiqatda hozirgi kunda ishchi holatda emas ekanligi aniqlandi va “Alfa Solara Energy” MCHJga servis xizmat ko’rsatish uchun murojaat qilinib, jamiyat texnik hodimlari tomonidan kamchiliklar bartaraf etildi.
Bulungʻur OSHP binosi aholiga bepul tarqatiladigan dori-darmon vositalari bilan toʻliq ta’minlandi. Shuningdek, binosining tom qismidan yogʻingarchilik davrida chakki tomish oqibatlarini oldini olish maqsadida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida ta’mirlash (tom qismini almashtirish, yog’och romlarni alyumin romlarga almashtirish) 2025-yilning 2-chorak davrida moliyalashtirilib ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilinadi.
Toʻlqinjon Sultanov,
12-Bulungʻur okrug deputati