insurez
07-08-2024 17:23

Bulung‘urlik yoshlar viloyat hokimiga o‘z takliflarini bildirishdi


Yaqinda Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir viloyat hokimi oyda bir marta, tuman hokimlari esa haftada bir bor yoshlar bilan uchrashib turishi bo‘yicha topshiriq berilgandi. Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 7-avgust kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bulung‘urlik yoshlar bilan uchrashdi.

Tumanning Esonturdi mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda 30 nafarga yaqin yoshlar hokimga, asosan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki uni yanada keng rivojlantirish, sport sohasidagi qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, intellektual qobiliyatlarini va start-up loyihalarini amaliyotga joriy etish, ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, shuningdek subsidiya, imtiyozli bank krediti, bandlik, tibbiy yordam kabi masalalarda murojaat va taklfilarini bildirishdi.

 

- Bugun o‘zim yosh bo‘lishimga qaramasdan atrofimga ilmga chanqoq yoshlarni to‘plab, ularga ta’lim berib kelmoqdaman, - deydi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi Raxmatullayev Bobur. – Dars davomida interaktiv metodlardan foydalanish, o‘quvchilarimni o‘quv materiallari bilan ta’minlashda qiyinchilarga duch kelyapman.  Faoliyatim natijadorligini yanada kengaytirish uchun kompyuter hamda printer qurilmasi zarur bo‘lyapti. Hokimga shu masalada murojaat qildim va muammoni qisqa muddatda hal etish uchun mutasaddilariga topshiriq berildi.

 

Turli sabablarga ko’ra ayni paytda xorijda bo‘lgan bulung‘urlik yoshlar ham hokim bilan onlayn muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldi.

- Hozirda Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk shahridaman. Bu yeda bakalavr darajasi bo‘yicha oliy ta’limni tamomlab, hozirda magistratura bosqichiga ham hujjat topshirganman, - deya hokimga murojaat qildi Alimqulov Javohir. – Agar imkoni bo‘lsa o‘qishimni vatanga ko‘chirib, olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash niyatidaman.

Hokim Javohir vatanga qaytsa viloyat hokimligida ham ish boshlashi mumkinligini ta’kidladi va mas’ullarga Javohir bilan bog‘lanib, qo‘shimcha tafsilotlarga aniqlik kiritish yuzasidan topshiriq berdi.

 

Bundan tashqari, uchrashuv davomida 71-maktab sport zalining polini tamirlash, “Humo” istirohat bog‘ida atraksionlar qurish, 9-son musiqa va san’at maktabi faollar zalini tamirlash, 2-maktabda xalqaro standartlar asosida nemis tilini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish, Xo‘jamazgil mahallasidagi sport maydonchasini tungi vaqtda yoritish tizimi bilan ta’minlash, 45-maktabda zamonaviy kutubxona va kompyuter sinfini tashkil qilish, sheriy ijodi mahsulini kitob holida chop etish, “Diyor” o‘yingohidagi o‘rindiqlarni ta’mirlash kabi masalalar yuzasidan takliflar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -