insurez
30-10-2024 18:21

Bulung‘urlik yoshlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi'' g‘olibi!


FVV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida Samarqand shahrida o’tkazilgan “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichi yakunlandi.

 

Qizgin va murosasiz o‘tgan musobaqa yakuniga ko’ra, 1-o‘rinni Samarqand viloyatidan Bulung‘ur tumani ''Kaptarxona'' MFY yoshlari yoshlari, 2-o‘rinni Namangan viloyati yoshlari va 3-o‘rinni Qashqadaryo viloyati yoshlari egalladi.

 

Musobaqa yakunida vazir o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev ishtirok etib, ishtirokchilarni kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 

Ta’kidlash kerakki, “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik o’quv yig’ini doirasida o’tkazilgan ushbu musobaqa juda ko‘tarinki ruhga va qiziqarli voqealarga boy bo‘lib, ishtirokchilarda ajoyib taassurotlar qoldirdi.

 

 

Teglar
- -