insurez
21-01-2025 17:43

Bulung‘urda “Zarbdor tajribasi”dan unumli foydalanilmoqda


Respublika ishchi guruhi vakillari bugun ham Bulung‘ur tumanida bo‘lib, joylarda amalga oshirilayotgan isohotlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, ishchi guruh vakili B.Musurmonov hamda tuman hokimi S.Astonov Mingchinor mahallasidagi jarayonlarni ko‘zdan kechirdilar. Qayd etish lozimki, mahallada tadbirkorlik va savdo-sotiq tobora rivojlanib bormoqda.

Jumladan, mahalla hududidagi 1,1 gektar yer maydonida “Zarbdor tajribasi” asosida jami 14 ta ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil etish rejalashtirilgan bo‘ib, bugungi kunda qarilish ishlari davom etmoqda.

Mazkur loyihani amlga oshiriilshi natijasida ko‘cha bo‘ylariga mahsulot olib chiqib sotadigan tadbirkorlar bir joyga jamlanadi.

Buning uchun, mahalliy budjet hisobidan jami 160 mln.so‘m ajratilib, 450 kVt quvvatdagi 1 ta TP o‘rnatish hamda 250 metr elektr tarmog‘i tortish ishlari amalga oshiriladi.

Umumiy qiymati 14,3 mlrd.so‘mlik loyiha 2025-yil dekabr oyida ishga tushurilib, 25 ta ish o‘rni yaratiladi. Natijada budjetga qo‘shimcha 1,0 mlrd.so‘m soliq tushumi hamda 15,0 mlrd.so‘mlik hajm yaratilishiga erishiladi.

 

 

 

 

Teglar
- -