insurez
11-07-2024 19:44

Bulung‘urda tibbiy preparatlar ishlab chiqariladi


Bulung‘ur tumanida "YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMASEVTIKA" MChJ XK negizida tibbiy preparatlar ishlab chiqarish loyihasiga poydevor qo‘yildi.

Tadbirda tuman hokimi S.Astonov, keng jamoatchilik faollari, xitoylik hamkorlar ishtirok etishdi.

Loyiha uchun “Urgut” EIZ Bulung‘ur tuman filialidan 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, kelgusida 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Loyiha ta’sischisi “BIOMEDITSINA PEKIN SINDEYUAN” (Xitoy) xorijiy korxonasi bo‘lib, "Xin Deyuan Bioenginering" So. Ltd xorijiy korxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Loyiha 2 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami loyiha qiymati 250,0 mln.AQSh dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda, tumanda ishlab chiqarish korxonasi va viloyatlarda plazma markazlari tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda, qo‘shni davlatlarda xam plazma markazlari tashkil etiladi hamda ushbu markazlarda yig‘ilgan xom ashyo tayyor mahsulot xoliga keltirilib, qayta eksportga yo‘naltiriladi.

Loyiha doirasida yiliga 3 ming.tonna tibbiy preparatlar ishlab chiqarish, mahsulotning 70 foizini eksportga yo‘naltirish belgilangan. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushgach, yillik eksport quvvati 300 mln dollarni tashkil qilib, ishlab chiqarilgan mahsulotlari MDH davlatlariga eksportga yo‘naltiriladi.

 

 

Teglar
- -