insurez
26-12-2024 18:57

Bulung‘urda noyob tibbiy preparatlar ishlab chiqariladi


Loyiha doirasida invetsor "Xin Deyuan Bioenginering" So. Ltd tomonidan “YANGI OSIYO XALQARO BIOFARMASEVTIKA” MChJ XK tashkil etildi.

G‘o‘bdin mahallasi hududidagi “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi Bulung‘ur tuman filialidan 20 gektar yer maydonini auksion platformasi orqali sotib olindi.

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan loyihaning umumiy qiymati 250 mln. dollar bo‘lib, doirasida joriy yil yanvar-oktabr oylarida 2,3 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘lari kiritilgan bo‘lib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirda jami 70 nafar o‘rta va oliy ma’lumotli mutaxassislar ta’lim va tajriba uchun korxona hisobidan Xitoyga yuborilgan. 2026-yilda to‘liq quvvatda ish boshlashi kutilayotgan mazkur loyiha doirasida qon plazmasidan 11 turdagi noyob preparatlar ishlab chiqariladi hamda ichki bozorga chiqariladi. 300 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.

Tuman hokimi S.Astonov qurilish maydonida bo‘lib, investorlar bilan suhbatda bo‘ldi. Unda loyiha jarayonlari, muammo va takliflar, kelgusi vazifalar muhokama qilindi.

Teglar
- -