insurez
25-04-2025 12:10

Bulung‘ur tumanida korrupsiyaga olib keluvchi omillar tahlil qilindi


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi boshqarma boshlig‘i A.Kamilov hamda Bosh prokuraturaning boshqarma katta prokurori U.Mamatkulov Bulung‘ur tumanida bo‘ldi.

Dastlab, tuman hokimligida o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, bandlik, bank, kadastr, qurilish sohalarida korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, Bulung‘ur tumani Kadastr Agentligi hamda tuman tibbiyot birlashmasida jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Tuman Kambag‘allakni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbariyatiga tavsiyalar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

 

 

 

 

Teglar
- -