insurez
26-10-2024 15:37

Bulung‘ur tumani Kattaqishloq mahallasidagi “Zarbdor” oilaviy shifokorlik punktida sayyor qabul va bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi


Unda aholining murojaatlari Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.S.Zayniyev hamda Bulung‘ur tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i F.S.Fayzullayev tomonidan qabul qilindi.

 

Sayyor qabul va bepul tibbiy ko‘rik davomida viloyat hamda tumandagi ixtisoslashgan makazlar va davolash profilaktika muassasalaridan 22 nafar malakali mutaxassislar tomonidan 240 nafarga yaqin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, bepul dori darmonlar berildi.

 

Jumladan 20 nafar fuqarolar tuman markaziy shifoxonasiga, 5 nafar fuqaro viloyat shifoxonalariga, 2 nafar fuqaro Respublika Voxidov nomidagi xirurgiya markaziga yuborilgan bo’lsa, yana 45 nafar fuqarolarning murojaati joyida hal qilinib, zaruriy tavsiyalar berildi.

       

 

 

 

Teglar
- -