Bu yilgi Navro‘z tantanalari “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin – Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi
Bu haqda Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tgan muhokamada ma’lum qilindi.
Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tgan muhokamada Davlat rahbarining qarori bilan 2025 yilda Navro‘z umumxalq bayramining g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi tasdiqlanganligi bildirildi va tumanda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, suv tejavchi texnologiyalarni joriy qilish, tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi faoliyati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi ahvoli, tumanda 2022-2024 yillarda sotilgan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish hamda yer uchastkalarini xaridorlarga ajratib berish ahvoli, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi, kelgusi vazifalar belgilab olindi.