Bolalar nafaqasi inson omilisiz tayinlanadi
Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumani Sayiltepa mahallasi fuqarosi Rashidova Muqaddas nomidan murojaat tarqalib, unda bolalar nafaqasi uchun topshirgan arizasi rad qilingani bildirilgan.
Fuqaro Nazarov Oxunjon Ergashevich hamda uning turmush o‘rtog‘i Rashidova Muqaddas Rajab qizining 3 nafar farzandi bo‘lib, Bulung‘ur tumanida Sayltepa mahallasida doimiy yashaydi. Oila haqiqatdan ham bolalar nafaqasiga onlayn tarzda ariza topishrgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i O.Nazarov ishsizligi sababli rad etilgan.
Mazkur murojaatdan so‘ng, mahalla raisi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi xodimlari tomonidan oilaga arizaning rad bo‘lish sabablari atroflicha tushuntirilib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shundan keyin yana qaytadan arza topshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, oilaning Sayltepa mahallasidagi uyida mavjud va qarovsiz qoldirilgan 15 sotix tomorqa maydonidan ham samarai foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.