Bildirilgan ishonchni suiste’mol qilmaslik kerak
Kimdir yaxshi niyatda kredit olib, ishlari yurishmasdan, uni so‘ndirishga qiynalib qolsa, yana kimdir qasddan kreditni qaytarmaslikni maqsad qiladi. Bugun tuman hokimligida shu masala yuzasidan o‘tkazilgan muhokamada viloyat prokuraturasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari, Bulung‘ur hamda Jomboy tumanlari hokimlari, ushbu tumanlarning prokuratura, departament, MIB, IIB, tijorat banklari rahbariyati, muammoli kreditga aylangan kredit egalari yoki ularning yaqinlari ishtirok etdi.
Unda ayrim sabablarga ko‘ra kreditni vaqtida so‘ndira olmasdan qolgan yurtdoshlarimiz bilan bir qatorda, kreditni to‘lamasdan chet davlatga qochib ketganlar, o‘zga bir shaxsning mulkini garovga qo‘yib, qasdan to‘lamasdan kelayotganlar, kreditga olingan mol-mulkini sotib yuborganlar, undan maqsadsiz foydalanganlar hamda ayni shu sabablar bilan sudlanib, qamoqqa olinganlarning bugungi holati muhokama qilindi, kelgusi vazifalar belgilab olindi. Jumladan, tadbirkorlik maqsadida kredit olib, ishlari yurishmay qolgan tadbirkorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, bila turib qonunbuzlishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan esa qonun ustuvorligini ta’milash yuzasidan vazifalar belgilandi.