insurez
13-08-2024 11:13

Baliqchilik sohasi islohotlarga muhtoj...


Bugungi kunda Bulung‘ur tumanida baliqchilik bilan shug‘illanuvchi 22 ta xo‘jaliklar mavjud bo‘lib, ular tomonidan 40.8 gektar yer maydonida sun’iy suv havzalari tashkil etilgan.

 

Tuman hokimligida o‘tgan muhokamaga soha mas’ullari hamda baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarning rahbarlari taklif etildi. Unda sohani rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali mahsulot miqdori va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish bugungi kun talabi ekanligi ta’kidlandi.

 

Xususan, ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar tahlil qilinib, har bir xo‘jalikning oldida turgan vazifalar individual tushuntirildi. Misol uchun, 10 ta xo‘jalikda ish o‘rinlari bir nafardan ko‘rsatilgan bo‘lsa,  3 ta xo‘jalikda: “Marinka” MChJ, “Rustam Alisherovich” va “Amur Niagara” fermer xo‘jaliklari soliq hisobotlarida ish o‘rnlari ko‘rsatilmagan. 2023-yilda 8 ta xo‘jalikning bank hisob raqamlarida umuman pul aylanmasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida esa bor yo‘g‘i 8 ta xo‘jalikning bank hisob raqamlarida pul aylanmasi ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, baliqchilik xo‘jaliklarida jami 160.4 mln so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, tuman soliq inspeksiyasi rahbariyati tomonidan ular nomma-nom o‘qib eshittirildi hamda qarzdorlikni belgilangan muddatlarda so‘ndirish lozimligi eslatib o‘tildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar
- -