insurez
15-02-2025 10:33

Axborot xizmati rahbarlari uchun seminar-trening tashkil etildi


Viloyat Matbuot uyida “Yangi raqamli muhitda jamoatchilik bilan aloqalarni samarali olib borish masalalari: imkoniyatlar va chellenjlar” mavzusidagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

 Tadbirda Filologiya fandari doktori B.Alimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist F.Toshev, UzA Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri G‘.Hasanov, viloyatdagi tuman va shahar hokimliklari hamda korxona-tashkilotlar axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Unda “Axborot sohasidagi yangi qonunchilik: so‘nggi islohotlarning mazmun-mohiyati”, “Fotokontent yaratishning zamonaviy talablari”, “Onlayn faktcheking instrumentlaridan foydalanish usullari”, “Kontentni vizuallashtirish, materialning autentik ta’sirini kuchaytirishning zamonaviy usullari” kabi mavzularda ma’ruza va taqdimotlar qilindi.

Seminar yakunida Davlat attestatsiyasidan o‘tgan axborot xizmati rahbarlariga guvohnomalar hamda o‘quv-kursini muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar topshirildi.

Seminar tafsilotlari “London Post” gazetasining rasmiy veb-sayti orqali keng yoritildi: https://londonpost.news/training-seminar-in-samarkand-focuses-on-public-relations-in-the-digital-age/  

 

 

 

Teglar
- -