Bulung‘ur tumani sektor rahbarlari ishtirokidagi “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvi uchun tuman hokimi S.M.Astonovning kirish so'zi
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar, qadrli teletomoshabinlar!
Avvalambor sizlar bilan oynayi jahon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rishib turganimizdan xursandmiz. Buning uchun bizga yaqindan yordam berib kelayotgan “Samarqand” teleradiokompaniyasi ijodiy jamoasiga o‘zimning minnaddorchiligimni bildiraman. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvining 2025 yilgi ilk soniga taklif etilganimiz ayni muddao bo‘ldi. Bu bizga tugallangan 2024 yil yakunlarini yana bir bor sarhisob qilib, yurtdoshlarimizga ma’lumot berish imkoniyatini yaratib bermoqda.
Aholi murojaatlari bo‘yicha
Avvalo aholi murojaatlari bilan ishlash masalasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan davr mobaynida tumandagi Xalq qabulxonasida 46 marotaba haftaning dushanba kunlarida belgilangan qabullar o‘tkazildi. Bundan tashqari, sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlangan reja grafik asosida jami 232 marotaba sayyor qabullar o‘tkazilib, qabullarda jami 1176 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 971 tasi (83%) ijobiy hal etilgan. Jumladan, 1-sektor hududida 58 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda 1298 nafardan fuqaro ishtirok etgan bo‘lib, 1242 ta murojaatlar qabul qilingan. Shundan, 820 ta murojaat ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 407 ta murojaatga tushuntirishlar berilgan hamda 15 ta murojaat bajarilish jarayonida turibdi.
Shuningdek, Bulung‘ur tumani mas’ullari ishtirokida 3 marta, xususan, so‘nggi bor joriy yilning 14 noyabr kuni “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvi bo‘lib o‘tgan edi. Albatta, barchada “ko‘rsatuvdan ko‘rsatuvgacha nima o‘zgardi?”, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Ko‘rsatuv davomida 25 nafar fuqaro tomonidan jami 34 ta masala yuzasidan murojaatlar bildirilgan edi.
Avvalo murojaatlarni mahallalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, aksariyat mahallalardan bir yoki ikki nafar fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirilgani holda, tumanning Elobod mahallasidan 6 nafar fuqaro tomonidan jami 10 ta masala yuzasidan murojaat yo‘llandi. Ushbu raqamlar mazkur mahallaga alohida e’tibor qaratishimizni taqozo etadi.
Qolaversa, murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, elektr ta’minoti masalasida 4 ta murojaat bo‘lib, ushbu raqam oldingi ko‘rsatuvlarga nisbatan kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan birga, yo‘l ta’miri borasida 6 ta hamda suyultirilgan gaz ta’minoti borasida 8 ta murojaat bildirilgan. Bu ham ushbu sohalarga alohida yondashuvni talab qiladi.
Har bir murojaat ijrosi uchun aniq muddat belgilanib, ijroga yo‘naltrildi. Ijro muddati tugashi bilan tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqqib, har bir murojaatchi bilan yuzma-yuz uchrashgan holda ijro holati o‘rganildi. Ijobiy hal bo‘lmagan, ayrim murojaatlar qaytadan ijroga yo‘naltirildi.
Natijada 18 ta murojaat ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 15 ta holatda murojaatning qanday asosida va qachon bajarilishi borasida huquqiy tushuncha berilgan. 1 ta holatda murojaatchi ko‘rsatilgan manzilda istiqomat qilmasligi ma’lum bo‘ldi va bu kishi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Biroq, unda ko‘tarilgan mmuammo haqiqatda mavjud va ushbu masalani ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Kezi kelganda yil boshidan bugunga qadar aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega yirik loyihalardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam:
Bulung‘ur podstansiyasiga 40 ming kV.lik, Ibn Sino podstansiyasiga 6 300 kV.lik va G‘alaba podstansiyasiga 6 300 kV.lik transformatorlar qo‘shimcha o‘rnatildi. Natijada 28 ming kVa. qo‘shimcha quvvat imkoniyati yaratildi.
Tuman aholisi va sanoat korxonalarida uzluksiz elektr ta’minoti bo‘lishi uchun Bulung‘ur podstansiyasidan tumandagi G‘o‘bdin massiviga 110 kVli ikki zanjirli tarmoq tortish, 1 dona podstansiya qurish va 2 dona 25 MVA.dan jami 50 MVA kuchlanishdagi transformatori o‘rnatish (65,0 mlrd so‘m) maqsadida ishlar boshlandi.
Tumanning Zarafshon agrofirmasi hududida 2000 gektar maydonni o‘zlashtirish loyihasi doirasida 30 mlrd.so‘m. mablag‘ evaziga Farmontepa nasosi qurildi. Hozirda lalmi maydonlarni so‘g‘oriladigan yer toifasiga o‘tkazilib, hududdagi fuqarolar va tadbirkorlarga auksion orqali ajratib berilmoqda. Hozirda yaratilgan ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda.
Bugunga qadar “Yangi O‘zbekiston” massivida jami 31 ta 5 qavatli 678 xonadonli foydalanishga qabul qilingan.
2025-yil yanvar oyida 4 ta ko‘p qavatli 93 xonadon foydalnishga topshiriladi. 2025-yilda 14 ta 5 qavatli 293 xonadonli uy-joylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 7 mlrd.so‘mga 3 qavatli mahalla binosi, 1 ta oilaviy polikilinika hamda mini stadion qurish ishlari bajarildi.
Massivdagi aholini toza ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida 36 mlrd. 700 mln. so‘mga hududda markazlashgan 1 ta suv inshooti va 1,2 km. ichimlik suv tarmog‘i, vaqtinchalik 1 dona oqova suv inshooti qurish ishlari bajarildi.
Tuman markazidagi 7 ta mahallarda ko‘p-qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlari uchun 10 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 13,6 km oqova suv tarmog‘i tortish ishlari bajarildi. Ishlar yakuniga yetishi bilan tumanning oqova suv xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi 12,3 % dan 35,2 % ga yetkaziladi.
Xalqaro ahamiyatdagi M-39 avtomobil yo‘lining 1 046 km. qismida 16 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga sel toshqin suvlarini o‘tkazuvchi ikki mosli ko‘prik qurilish ishlari yakunlandi.
Qolaversa, joriy yildan boshlab tumandagi boshoqli don ekilgan 6 040 gektar maydonlarni meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashtirish belgilandi. Bu ham bo‘lsa, aholini serdaromad qilib, bandligini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib beradi.
Bundan tashqari:
- hozirda tumanda 2019-2025-yillarga mo‘ljallangan sig‘imi 100,0 mln. metr kub bo‘lgan “Bulung‘ur” suv omborini qurish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, tuman hududidan o‘tuvchi 4R-47 “Bulung‘ur sh. – Urgut sh.” avtomobil yo‘lining 2 km qismida 82,0 mlrd.so‘mga tonnel qurilish ishlari olib borilmoqda.
Umuman olganda,
-
Investitsiya dasturi bo‘yicha 13 ta loyihaga 72,3 mlrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, Shundan, 6 ta ijtimoiy soha ob’ekti, 3 ta oqova suv tarmog‘i qurish, 3 ta suv xo‘jaligi ob’ekti, 1 ta tonnel qurish belgilangan. Hozirgi kunda 12 ta ob’ekt foydalanishga topshirilgan.
-
“Ochiq byudjet” dasturi bo‘yicha 13 ta loyihaga 16,3 mlrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, Shundan, 8 ta MFYda jami 24,5 km ichki yo‘llarni asfalt qilish, 3 ta ijtimoiy soha ob’ekti, 1 ta F.Jonxo‘roz liniyasini ta’mirlash, 1 ta qabriston obodonlashtirish ishlari bajarildi.
-
Maxsus dastur bo‘yicha 8 ta loyihaga 8,3 mlrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, Shundan, 2 ta ijtimoiy soha ob’ekti, 2 ta suv inshooti va tarmog‘i tortish, 3 ta MFYda 3 dona TP va 9,3 km tarmoq tortish, 7 ta MFYda jami 6,3 km ichki yo‘llarni asfalt qilish, 1000 dona gaz balon jo‘mraklarini almashtirish ishlari bajarildi.
-
Samarqand viloyati hokimining tashabbusi bilan Fozil Yo‘ldosh MFYdagi 5-maktab mukkammal ta’mirlandi, Fozil Yo‘ldosh ma’daniyat uyi va 9-sonli musiqa maktabi joriy ta’mirlandi hamda Yangi mahalla binosi va amfiteatr qurildi.
-
Elektr ta’minotida:
- 270 dona taransformatorlar joriy ta’mirlandi,
- 24 dona yangi transformatorlar o‘rnatildi,
- 232,5 km tarmoq daraxt shoxlaridan tozalandi.
2. Gaz ta’minotida:
- 1,5 km gaz tarmog‘i tiklandi,
-1 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi,
- 1578 ta xonadon ikki boskichli tizimga o‘tkazildi,
- 0,6 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilindi,
- 165 ta gaz taqsimlash punktlari ta’mirlandi,
- 55 km gaz quvurlarni bosim ostida sinaldi,
- 40 km yer osti quvrlari tekshirildi,
- 10 km gaz quvurlarni bo‘yoqlash ishlari amalga oshirildi,
- 36 731 ta aholi xonadonlaridagi mavjud maishiy ballonlar hatlovdan o‘tkazilib, ehtiyoj aniqlandi.
Bundan tashqari, “Yangi O‘zbekiston” massivida 800 metr tarmoq tortildi, 5 ta gaz taqsimlash punkti o‘rnatilib, 12 ta ko‘p qavatli uylardagi 264 ta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlandi.
3. Suv ta’minotida:
- Tumanda mavjud suv inshootlarning 22 tasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi,
- 10 dona energiya tejamkor yer osti nasoslar o‘rnatildi,
- 11 dona elektra ShIT jixozlari o‘rnatildi,
- 9 dona suv minorasi ta’mirlandi,
- 23 dona zadvijka jixozlari o‘rnatildi,
- suv ko‘tarib berish trubalarining eskirgan 670 metr qismi yangisiga almashtirildi,
- 14,3 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi,
- 3 dona yangi suv inshooti qurildi.
Bundan tashqari, homiylik va hashar asosida:
- Lalmikor MFY Nurli Bo‘ston qishlog‘ida, Gulzor MFY Yangi Erganakli qishlog‘ida, O‘roqli MFY Katta O‘roqli qishlog‘ida jami 3 ta suv inshooti qurilib, 6,6 km. tarmoq tortildi, energiya tejamkor yer osti nasoslari o‘rnatildi. Samarqand MFY Nodira ko‘chasida va Bulung‘ur MFY Yusuf Xosxojib ko‘chasida eskirgan tarmoqlar yangisiga almashtirildi.
Yo‘l ta’miri bo‘yicha:
3 mlrd. 665 mln so‘m mablag‘ evaziga umumfoydalanishdagi 75 km yo‘llar joriy ta’mirlandi.
Tumanda jami 37 km. yo‘llar asfaltlashtirildi, 186,8 km ichki tuproq ko‘chalari shag‘allashtirildi.
Mahalliy byudjet hisobidan 300 tonna asfalt harid qilinib, tuman markazidagi Bulung‘urshoh ko‘chasi va Fozil yo‘ldosh ko‘chalari joriy ta’mirlandi.
Tuman markazidagi ko‘chalarda nogironligi bor fuqarolar uchun 2 ta chorraxada jami 8 ta ovozli svetofor o‘rnatildi.
2025-yilda quyidagi ishlarni bajarish belgilangan
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga asosan “Ochiq byudjet” axborot portalining 2-mavsumida
1. Xo‘jabachcha, Xo‘jamazgil, Nebo‘sa mahallalarida 9 km. asfalt qoplamasi yotqizish.
2. O‘roqli, Suluvqo‘rg‘on mahallalarida qishloq qabristonlari hududini obodonlashtirish.
3. Isori O‘roqli MFYdagi 57-maktabga 120 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish.
4. Markaziy shifoxonaga 2 ta zamonaviy lift (TQSh va O‘QTKM hamda Tug‘ruq uyiga) o‘rnatish.
5. Changal-1 MFYdagi Albasit arig‘ini 1600 metr betonlashtirish ishlari bajarilmoqda.
PQ-407 sonli Dastur asosida Davlat ahamyatidagi 4R-47 “Bulung‘ur shahri-Urgut shahri-M-39 a/y” avtomobil yo‘lining 3-18 km oraliq qismini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.
“Yangi O‘zbekiston” massivida Investitsiya dasturi asosida 330 o‘rinli 1 ta umumta’lim maktabi hamda 12x24 o‘lchamdagi sport zali quriladi.
Bulung‘ur tumanidagi 4, 38 va 58-umumta’lim maktablari, 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinadi, 54-maktab 320 quvatli mukammal ta’mirlash
“Niyozmat” MFY Niyozmat qishlog‘ida 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti quriladi.
“Mingchinor” MFYdagi 140 o‘rinli 23-sonli, “Mingtepa” MFYdagi 120 o‘rinli 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari mukammal ta’mirlanadi.
“G‘o‘bdin” MFY Qarovultepa qishlog‘ida 4 km suv tarmog‘i tortish va 1 dona suv inshoti qurish ishlari bajariladi.
“Guliston” MFY hududidagi eski ko‘p qavatli uy-joylarni o‘rniga 0.6 ga yer maydonida 6 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mahalliy byudjet hisobidan 650 tonna asfalt harid qilinib, tuman markazidagi O‘zbekiston ko‘chasi joriy ta’mirlanadi.
2024 yil 7 avgustdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosat bayoniga asosan 18-maktabda 7 mlrd. 200 mln. so‘m mablag‘ evaziga 600 o‘rinli qo‘shimcha bino quriladi.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 29 noyabrda qabul qilgan “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand viloyatining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ga ko‘ra, “Bulung‘ur – Samarqand shahri - Juma – Kattaqo‘rg‘on shahri” yo‘nalishida elektr poezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Buning uchun zamonaviy poezd vagonlari olib kelish, oraliq to‘xtash temiryo‘l bekatlari infratuzilmasini yaxshilash rejalashtirilgan.