Bulung‘urda “Mobil metodik guruh”lar faoliyati samaradorligini oshirish orqali natijadorlikka erishish choralari ko‘rilmoqda
12.05.2022 - 17:51Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida maktablarga metodik ko‘mak berishning yangi mexanizmlari amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ilgari surilayotgan yangi mexanizmga ko‘ra metodik guruhlarga shaxsan oliy ta’lim muassasalari rektorlari rahbarlik qilishi belgilangan.