Янгиликлар

Oqova suvni tozalash tizimida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani markazida oqova suv masalasi ko‘p yillik muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, tumandagi Navbahor mahallasida 25 sotix maydonda joylashgan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Bulung‘ur tumani filiali markaziy oqova suv tozalash inshooti 240 metr kub suvni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lsada, amalda 400 metr kub suv qabul qilmoqda.

Temir yo‘l hududini oqova suvlar ta’siridan asrash choralari muhokama etildi

Bulung‘ur tumani markazidagi O‘zbekiston, Oqtepa, Fozil Yo‘ldosh, Saylgoh ko‘chalarida yig‘ilgan yog‘ingarchilik suvlari bugungi kunda tuman hududidan o‘tgan temir yo‘l hududiga borib quyiladi. Temir yo‘lda aholi va yuk tashuvchi poyezdlar soni tobora ortib borayotgan bir vaqtda bu holat anchagina moddiy zarar yetkazishi tayin.

 

Bulung‘urlik 55 nafar ishsizlarga “qarmoq” berildi...

Bulung‘ur tumanida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash orqali murakkab iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda bugun “Temir daftar”da turgan 55 nafar fuqarolarga jami 156 million 200 ming so‘mlik asbob-uskunalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM