Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishda beparvolik yaramaydi

Mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklar bilan kurashish borasida so‘z yuritilar ekan, bunda asosiy e’tibor uning oqibatlari bilan kurashish emas, balki bunga sabab bo‘lgan, imkon va shart-sharoit yaratib bergan omillarni aniqlash va barvaqt oldini olishga e’tibor qaratilmoqda.

 

Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan “Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, mahallalarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish hamda huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi”ning sayyor uchrashuvida ham aynan shu mavzuda so‘z yuritildi. 

Tuman hokimi Samandar Astonov, sektor rahbarlari, imom xatiblar, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan tadbirda ishchi guruh a’zolari: Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i O‘tkir Nazarov hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining raisi Otabek Nabiyevlar tomonidan uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad va galdagi vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

Uchrashuv davomida tuman faollari hamda yoshlarning takliflari tinglandi. Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha yangicha yondashuv va tajribalarni joriy etish borasida kelgusi vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM