7 yoshdan 70 yoshgacha barchani yoshlar festivallariga chorlaymiz!

Hurmatli bulung‘urliklar va shaxrimiz mehmonlari!

 

Joriy yil 11-iyun kuni Bulung‘ur tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi!

 

Festival doirasidagi loyihalar tonggi soat 7:00 da ommaviy yurish marafoni bilan boshlanib, kun so‘ngida Mingchinor “Olimpiya” o‘yingohida bo‘lib o‘tadigan GALA-KONSERT bilan o‘z yakuniga yetadi.

 

Xususan, festival doirasida soat 7:00 da Bulung‘ur tuman hokimligi binosi oldidan Oqtepa ko‘chasi orqali 1-sonli kasb-hunar maktabigacha bo‘lgan masofada “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etiladi.

 

Soat 8:00 da tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, soat 8:00 dan 9:00 ga qadar maktab hovlisida sportning milliy kurash, taekvondo, boks turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlarlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etiladi.

 

Soat 09:00 dan 13:00 gacha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida milliy va zamonaviy cholg‘u asboblari ko‘rgazmasi tashkil etiladi hamda “Fozil Yo‘ldosh izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

 

Bundan tashqari, soat  08:00 dan 09:00 gacha maktab hovlisida qo‘l jangi, harbiy orkestr va faxriy qorovullarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyishi, “Kasb mahorati”, “Milliy liboslar ko‘rgazmasi”, qo‘l mehnati buyumlari: kashtachlik, amaliy san’at, zardo‘zlik buymlarini ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

 

Soat 10:00 dan 12:00 gacha kasb-hunar maktabida “Bir nuroniy o‘n nafar yoshga ma’naviy homiy” tamoyili asosida ikki avlod uchrashuvi o‘tkaziladi, “Mening qonunim–mening taqdirim” ko‘rik-tanlovi, “Yosh kitobxon oila” tanlovlarini tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, shu vaqt oralig‘ida yoshlar jamoalaridan iborat “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi. Unda jamoa a’zosi sifatida tuman sektor rahbarlari ham ishtirok etishadilar.

 

Soat 9:00 dan 12:00 ga qadar “Tasviriy san’at” ko‘rgazmasi hamda kulolchilik va rassomchilik bo‘yicha master-klass darslari tashkil etiladi.

 

Soat 10:00 dan 14:00 gacha Mingchinor “Olimpiya” o‘yingohida tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.

 

Shuningdek, kun davomida 1-sonli kasb-hunar maktabida kitobxonlik ko‘rgazmasi, “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi o‘tkaziladi.

 

Nihoyat, soat 19:00 da Mingchinor “Olimpiya” o‘yingohida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Unda kun davomida o‘tkazilgan tadbirlardagi nominatsiya g‘oliblari, mahallalardagi faol yoshlar yetakchilari, shuningdek “Hokim stipendiyasi”  sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

 

Gala-konsertda tuman, viloyat hamda respublika darajasidagi madaniyat xodimlari va san’atkorlar xizmatingizda bo‘lishadi. Konsert mehmonlari estrada yulduzlari Osman Navruzov hamda Gulinur!

 

11-iyun, yakshanba kuni katta-yu kichik barchani festivalda kutib qolamiz!

Dam olish kunida oilangiz va do‘stlaringiz bilan miriqib dam oling!

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM