Bulung‘urda yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda

Ma’lumki, Bulung‘ur tumanining Olmazor mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi, undan sal o‘tib esa “Bulung‘ur suv ombori” bunyod etilmoqda. Shu jihatdan kelgusida hudud atrofida aholi soni kesikin ko‘payishi kutilmoqda. Qolaversa, bugungi kunda M-39 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida ham bir sutkada 30 mingtagacha avtomobil harakatlanmoqda. Ushbu raqamlar ham kundan-kunga o‘sib borishi tayin.

 

Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, hududdagi yo‘l yoqasi bo‘ylab 16 gektar yer maydoni auksion savdolariga chiqarildi hamda 71 ta lot 45 nafar tadbirkorlar tomonidan yutib olindi.

Yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, ichki va tashqi turizmga qulay sharoit yaratish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida boshlangan loyiha doirasidagi jarayonlar davom etmoqda. Xususan, tuman hokimi Samandar Astonov tadbirkorlar bilan uchrashib, soha mas’ullari ishtirokida ularning muammo va takliflarini tingladi. Jarayonlarni tezlashtirish, bunda davlat idoralari bilan bog‘liq har qanday masalada hokimlik shtabiga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM