12-may - Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan bir guruh bulung‘urlik hamshiralar taqdirlandi

Tuman Madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida so‘zga chiqqanlar sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, shuningdek ushbu kasb egalarining jamiyatimizda tutgan o'rni to‘g‘risida so‘z yuritishdi.

 

Tadbir davomida “Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari, “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi” tanlovi sovrindorlari hamda 56 nafar fidoyi va jonkuyar tibbiyot xodimlari qimmatbaho va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Xususan, Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan “Hamshira - 2023” ko’rik-tanlovida “Yilning eng yaxshi bolalar hamshirasi” naminatsiyasi bo’yicha 1-o‘rin sohibasi Raxmonova Marhabo Erkinovna, “Hamshira - 2023” ko’rik-tanlovining respublika bosqichida tumanimizdan faol qatnashgan Nurmatova Nigora Erbota qizi, mazkur tanlovning viloyat bosqichida “Yilning eng yaxshi shoshilinch yordam hamshirasi” naminatsiyasi bo’yicha 2-o’rinni egallagan Qadirova Gulrux Abdukamalovna, sana munosabati bilan viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i D.X.jumaniyozov tomonidan fidokorona mehnatlari uchun tashshakkurnoma bilan taqdirlangan Bulung’ur TTB bosh hamshirasi Yaxshilikova Feruza Nuriddinovna va barcha soha xodimlariga tashakuuronomalar bildirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM