Birlashgan o’zar…

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq hududiy ichki yoʼllarni taʼmirlash uchun byudjet parametrlarida hududda ajratilgan mablagʼning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Mening yoʼlim” loyihasida aholi tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib moliyalashtirish uchun yoʼnaltirilishi qayd etilgan.

Shu yilning 28-apreldan 7-may kuni kechki soat 18:00 ga qadar o‘tkazilgan “Mening yo’lim” tashabbusli byudjet jarayonlarida tuman bo‘yicha fuqarolar tomonidan 41 ta loyiha ilgari surildi.

 

Jamg‘armada shakllangan 2 mlrd. 500 ming so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 13 953 ta ovoz to‘plagan holda 2 ta loyiha g‘olib topildi.

Endilikda dastur doirasida g’olib deb topilgan Bulung’urariq mahallasi (7 833 ta ovoz) hamda Yangiariq mahallasi (6120ta ovoz) ning ichki yo‘llariga asfalt yotqizish ishlari amalga oshiriladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM