Bulung‘urda temir yo‘l ostidan tonnel quriladi: dastlabki jarayonlar boshlangan

Bulung‘ur tumani hokimligida mahalla raislari, hokim yordamchilari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari, nuroniylar ishtirok etgan navbatdagi uchrashuvda rejalashtirilayotgan loyiha haqida ma’lumot berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, temir yo‘l o‘tkazgichi Uvaysiy va Do‘stlik ko‘chasi avtomobil yo‘lining temir yo‘l bilan kesishmasida joylashadi. Loyihaga ko‘ra, temir yo‘l o‘tkazgichining uzunligi 34,4 metr, kengligi 20,48 metr, temir yo‘l osti balandigi 5,5 metr, tirkama devorlar uzunligi 880 metr bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, loyiha doirasidagi avtomobil yo‘lining uzunligi 1570 metr hamda kengligi 16,55 metr bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bunda yo‘lning avtomobil qatnov qismidan tashqari xavfsizlik tasmasi, suv qochirish tizimi, panjara to‘siqlari, velosiped va piyodalar yo‘lagi kengligi ham inobatga olinmoqda. E'tiborli jihati, loyiha doirasida hech qanday "snos" ishlari amalga oshirilmaydi.

 

“Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ tomonidan tayyorlanayotgan loyiha keng jamoatchilik vakillariga taqdimot qilinib, savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi. Loyiha ishlari yakunida bildirilgan fikrlar inobatga olinishi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM