Navbatdagi sessiya bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlarining 2023-yil 1 chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti.

 2) Bulung‘ur tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmati bo‘yicha 2023-yil 1 chorak davomida “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Bulung‘ur tuman filiali tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida.

3) Tumanda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar, tumanda ekologik holatni yaxshilash hamda ekologik nazoratni amalga oshirilishi holati bo‘yicha Bulung‘ur tuman Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayevning hisoboti.

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39- sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimchachora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining tumandagi ijrosi bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevning hisoboti.

5) Tuman Mahalliy budjetining “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2023-yil 1-mavsum jarayoni bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflarni tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risida.

 6) Tuman mahalliy budjetning 2023-yil boshiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘laridan hamda 2023-yil I chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

7) Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

8) Tashkiliy masala.

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan masallar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM