Joylarda iftorlik tadbirlari davom etmoqda

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan bugun Bulung‘ur tumanidagi Bulung‘urariq, Dehqonobod, G‘o‘bdin, Fozil Yo‘ldosh, Do‘stlik, Oqtepa hamda Cho‘yantepa mahallalarida “Mahalla” xayriya jamoat fonli tomonidan katta jamoalarda, shuningdek, homiylik mablag‘lari hisobidan Bulung‘ur, Changal-1, Sayltepa, Olmazor, Xo‘jabachcha hamda Suluvqo‘rg‘on mahallalaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi xonadonlarida iftorlik dasturxonlari yozildi.

Xususan, Sayltepa mahallasi fuqarosi Alimqulov Baxtiyor xonadonida tuman hokimi Samandar Astonov hamda tuman prokurori Sobirjon Saidovlar mehmon bo‘lgan bo‘lsa, tuman hokimi shuningdek, Bulung‘ur mahallasida Shakarboyeva Mohira xonadonida tashkil qilingan iftorlik tadbirida ham ishtirok etdi.

Bir piyola choy ustida kechgan samimiy suhbatlarda bugun yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlari xususida so‘z yuritildi. Elimiz tinchligi so‘ralib, duoga qo‘l ochildi. Shuningdek, Sayltepa mahallasida yashovchi B.Alimqulov taklifiga ko‘ra, bugungi damlar tarix uchun esdalik suratlarga muhrlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM