Bulung‘ur tumani IIB YHXB boshlig‘i ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida “Tumanda yo`l transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida” so‘z yuritildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB YHXB boshlig‘i G‘ayrat Bosimov tomonidan ma’lumot berildi.

Xususan, ma’lum qilinganidek, 2022-yilning o‘tgan 12 oyi davomida sodir etilgan yo'l-transport hodisalari tahlil qilinganda, tuman bo'yicha jami yo'l-transport hodisalari o'tgan yilga nisbatan 16,4 foizga yoki 61 tadan 71 taga, o'lim bilan bog'liq yo'l-transport hodisalari 50,0 foizga yoki 18 tadan 27 taga, tan jarohati bilan bog'liq yo'l-transport hodisalari 17,2 foizga yoki 58 tadan 68 taga oshgan.  

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari va ma’muriy amaliyot tahlili asosida 2023-yilda yo‘l ulov hodisalarining oldini olishga qaratilgan proflaktik ta’sir-choralar vazifalari belgilab  olingan. Xususan, YTH tahlili asosida «Avariya o‘choqlari» aniqlab, shu joylarda yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga  bevosita ta’sir  ko‘rsatuvchi 505 ta qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlangan. Shulardan 17 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 25 ta qarama qarshi harakatlanish, 19 ta to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan, 185 ta haydovchilik guvohnomalarsiz boshqargan, 31 ta o‘zboshimchalik bilan transport vositasini qayta jixozlagan, va 16 ta mansabdor shaxslarga nisbatan hamda 27 ta piyodalar tomonidan sodir etilgan, shuningdek 185 ta boshqa qoidabuzarliklar aniqlanib, qonuniy choralar ko‘rildi.  

Bulung‘ur tumanida 2022 yilda sodir etilgan YTHlari har 10 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 18,1 tani, o‘lim bilan bog‘liq YTHlari har 10 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 3,7 tani, tan jarohati bilan bog‘liq YTHlari har 10 ming aholiga nisbatan o‘rtacha 12,1 tani tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXDning 2023-yil 16 yanvar kunidagi 8-sonli «MAHALLABAY IShLASh» tizimi bo‘yicha Bulung‘ur tumanida mavjud 55 ta mahallalar belgilangan 6 ta tamoyillar asosida 7 ta kvadratlarga bo‘linib, har bir kvadratlarda xizmat olib borish maqsadida 7 nafar YPX inspektorlari va 9 nafar YHXBning bo‘lim-bo‘linma mas’ul xodimlari biriktirildi.

Media-tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu hamda soha yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM