️11-mart (shanba) — barcha xodimlar uchun ish kuni

Prezident farmoni bilan 11-mart shanba dam olish kuni 20-mart dushanba kuniga ko‘chirildi.  

Shu munosabat bilan 11-mart, shanba kuni ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Farmonga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan:

besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha ko‘chiriladi:

 11-mart — shanba kunidan 20-mart — dushanba kuniga;

 25-mart — shanba kunidan 22-mart — chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11- va 25-mart kunlari ishga chiqishlariga to‘g‘ri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20-mart — dushanba va 22-mart — chorshanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari bo‘ladi.

Ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun 23-mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Shuningdek, 8-mart (chorshanba) — Xotin-qizlar kuni ham Mehnat kodeksining 131-moddasiga asosan dam olish (ishlanmaydigan) kuni hisoblanadi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM