Tumandagi xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasibali Mamadiyarova ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbir davomida “xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritildi.

 

Hokim o‘rinbosari tomonidan ma’lum qilinishicha, tumanda 192.401 aholi bo‘lib, shundan 95.225 nafari xotin-qizlar tashkil etadi. “Ayollar daftari” 3-bosqichiga 2732 nafar ehtiyojmand muhtoj xotin-qizlar kiritilib, ularga moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

 

Tumandagi oilalar va xotin-qizlar o‘rtasida “Oila muqaddas dargoh”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi”, “Yil ayoli”, “Gender tenglik faoli”, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot “ ko‘rik tanlovlari, “Salomatlik tuman boylik”, “Sport nafislik, sog‘lomlik manbai”, “Salomatlik uchun  5000 qadam” shiori  ostida piyoda yurish marafoni, “Faravon oila”, “Siz qonun himoyasida”, “Qaynona va kelin” mavzularida, jamoat tashkilotlari ishtirokida qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab “Ayoli ezozlangan yurt” mavzusida manaviy-marifiy tadbirlar, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, “Oila muqaddas dargoh”, “Ayol e’zozda”, “O‘zbek ayoli”, “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz”, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik tanlovlari, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Qaynona va kelin” mavzularida o‘tkazilgan davra suhbatlari ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va  mahalallarda tashkil etilib borilmoqda.

        

Tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni sog‘lom va yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida tadbirlar: Zarafshon, Qo‘ng‘irot, Mexrjon, Bulung‘ur, Nebusa, Mingchinor, Buduna, Soxibkor, Kildon, Kichik Kildon, A.Navoiy, Qirq Shodi, Kaptarxona, Guliston, Kattaqishoq, Yangiariq, Yangiobod, Beshqo‘ton, Chuyantepa, Gulobod mahalla xotin-qizlar faollari tomonidan tashkil etildi.

 

Mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari: Ayollar maslahat kengashlari, Ota-onalar universiteti a’zolari, Oqila ayollar xarakati a’zolari, Buvijonlar maktabi a’zolari, Oilaviy qadriyatlarni  mustahkamlash komissiyalari, Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalari  bilan xamkorlikda tumandagi korxona va tashkilotlarda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar maktablarida xotin-qizlarning ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom bo‘lishlari uchun: oilada sog‘lom muhitni yaratish, farzandlarga ona vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish, bolalarning qiziqishi va iqtidori hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish, har-xil to‘garaklar, sport musobaqalariga jalb etish, ota-onaning ta’lim muassasalari va mahalla oldida o‘z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish bo‘yicha davra suhbatlari, ko‘rik tanlovlar, qiziqarli viktorinalar tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari, kollejlarda o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari to‘lab berildi. Shundan 11 nafar oliy ta’lim muasssasalarida tahsil olayotgan, 1 nafar Pedagogika kollejida tahsil olayotgan xotin-qizlarga davlat budjeti tomonidan to‘liq kontraktlari to‘lab berildi.

“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzod qizlarni tavsiya etish bo‘yicha joriy yilning 4-oktabr kuni “Zulfiya” nomidagi davlat mukoti tuman bosqichi o‘tkazildi. Viloyat bosqichiga 7 nafar iqtidorli qizlar nomzodlari tavsiya etilib, viloyat bosqichida ishtirok etishdi. Shuningdek 2021-yilda Bulung‘ur tumanidan Orziqulova Hilola san’at yo‘nalishi bo‘yicha Davlat mukofoti sohibasi bo‘ldi.

Tumanda 39 nafar fan, olimpiada g‘oliblari va iqtidorli qizlar ro‘yxatlari shakllantirilgan. Tumandagi barcha ko‘rik tanlovi va tadbirlarda ushbu qizlar faol ishtirok etib bormoqda.

Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida: tumanda 22 nafar ijtimoiy himoyaga muxtoj xotin-qizlarning uy-joylari ta’mirlandi.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shu jumladan, 3 nafar «Ayollar daftari»ga kiritilgan,  uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning ijara pullari to‘lanib berilmoqda.

Shuningdek xotin-qilarni kasb-hunarga yo’naltirish, bandligini ta’minlash borasidagi sa’yi harakatlar tizimli ravishda davom etmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM