Umumta`lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o`quvchi yoshlar qo`llab-quvvatlanmoqdami?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahriryatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida “Umumta`lim maktablarida harbiy sohaga qiziquvchi o`quvchi yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar mazusida so‘z yuritildi. Mazu yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Buriboyev tuman mudofaa ishlari boshlig’i Tolib Hasanov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Tadbir davomida ma’lum qilinganidek, tumandagi 69 ta umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari bilan, mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan harbiy qismlar ishtirokida harbiy vatanparvarlik tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Rejaga asosan tuman hokimligi tuman Mudofaa ishlari bo‘limi, tuman xalq ta’limi bo‘limi, maktabgacha ta’lim muassasalari, Yoshlar agentligi tuman bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, mahalla va oilani qullab-quvatlash bo‘limi, tumandagi tashkilot, korxonalar va keng jamoatchilik bilan keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, tumandagi barcha  umumta’lim maktablarda tinchligimiz yo‘lida jon fido qilgan harbiy xizmatchi, qahramonlarning xotira burchaklari va tematik sinflar barpo etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Pruzentining 2018-yil PQ-3898 sonli Qaroriga asosan tumanimizdagi barcha maktablarda haftaning har juma kuni “Vatanparvarlik kuni” deb e’lon qilindi. “Xalq va armiya - bir tanu bir jon” shiori ostida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tumandagi 2-, 10-, 39-, 12-, 13-, 43-, 65-, 67-, 68-, 37-umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlari uchun tuman xalq ta’limi bo‘limi bilan birgalikda Samarqand shaxrida joylashgan kichik mutaxasislarni tayyorlash markazi hamda 13060-sonli harbiy qismga ekskursiya tashkillatirildi.

Shuningdek, tumanning 2-umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan Samarqand shaxridagi “VATANPARVAR BOG‘I”ga sayohat uyushtirildi. 12-, 37-umumta’lim maktablarida “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” tematik sinflari tashkil etildi. “Barkamol avlod” bolalar markazida maktab o‘quvchilari orasida rasm chizish, shakllar yasash, she’rxonlik kechalari va qo‘shinlar tanlovlari o‘tkazildi.

Bulung‘ur tumanidagi 39-umumtalim maktabi o‘quvchi yoshlari bilan Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan “Sazagon” dala o‘quv maydonida «Er yigitni er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi»  g‘oyasi asosida uyushmagan yoshlar bilan bir kunlik yig‘in o‘tkazildi.

Bundan tashqari “Rahbar va yoshlar”, “Qo‘mondon va yoshlar” shiori ostida Kildon, Suluqurg‘on, Mingchinor, Kaptarxona, Beshqo‘ton mahallalarida sayyor uchrashuvlar va davra suhbatlar o‘tkazildi. Chekka va olis hududlardagi oilalarningYoshlar daftarga” kiritilgan farzandlarining 72 nafariga Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatining pul badallari to‘liq to‘lab berildi.

Bir so‘z bilan aytganda yoshlarni vatanga sadoqatli, mard va jasur qilib tarbiyalash borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Tadbir so‘ngida OAV vakillari mazu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM