Bulung‘urda xususiy sektorning ulushi ortmoqdami?

Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida “Tumanda xususiy sektorni rag`batlantirish va uning ulushini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar” to‘g‘risida so‘z yuritildi. Mavzu yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xabibullayev tomonidan ma’lumot berildi.

 

Unda ma’lum qilinganidek, tumanda tadbirkorlik subyektlari soni 4 542 ta (2118 ta kichik biznes subyektlari, 2424 ta YaTT)ni tashkil etadi.

Joriy yilda 503 ta yangi kichik biznes subyektlari va 1309 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.

Bundan tashqari tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2555 ta loyihaga 53 mlrd. 378 mln.so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Shundan yo‘nalishlar kesimida:

-“Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 2490 ta loyihaga
50
mlrd. 559 mln.so‘mlik;

-Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 39 ta loyihaga 2 mlrd.
124 mln.so‘mlik;

-Hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha 17 ta loyihaga
571
mln.so‘mlik;

-Xotin-qizlar tadbirkorligini  qo‘llab-quvvatlash dasturi asosida 3 ta loyihaga 6 mln.so‘mlik;

-Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 6 ta loyihaga 119 mln.so‘mlik kredit ajratildi.

Xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 71-son Qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida “e-auksion” elektron onlayn savdo maydonchasi orqali sotib olish imkoniyati yaratildi.

Jumladan, jami 704 ta (43,4 ga) yer uchastkalari savdoga chiqarildi hamda 131 ta 3,4 gektar yer maydonlari sotildi.

- “K-savdo” tizimi orqali 283 ta  bo‘sh yer maydoni auksion savdoga chiqarilib, shundan 266 tasi sotildi va bugungi kunda 17 ta savdoda turibdi.

Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-168 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 5 ta davlat obyektlari auksion savdolariga chiqarilib, bugungi kunda shundan bittasi xususiy tadbirkorga sotildi.

Xususiy sektor rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish borasidagi ishlar doimiy ravishda qatiy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida OAV vakillari mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM