Hokim Bulung’ur tumanidan yetishib chiqqan yirik tadbirkorlar, ko’zga ko’ringan siyosatchilar bilan uchrashdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Bulung’ur tumanida tug’ilib, voyaga yetgan, bugungi kunda yurtimizning turli manzillari, xususan Toshkent shaxri va Toshkent viloyati, viloytlarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan yoki tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan yurtdoshlarimiz 500 nafardan ortiq kishini tashkil qiladi. Albatta, kindik qoni to’kilgan manzil barcha uchun qadrdon. Shu sababdan ularning aksariyati kun kelib shu manzilga qaytishadilar ham. Muhimi bugun ularda qaysidir darajada imkon bor ekan, tumanimiz ravnaqiga o’z hissalarini qo’shishlari mumkinki, bundan avvalo, o’zlari ham manfaatdor bo’ladilar. Bulung’ur tumani hokimi Samandar Astonov dam olish kunlaridan unumli foydalangan holda Toshkent shaxrida bo’lib, tumanimizdan yetishib chiqqan ko’zga ko’ringan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi.

 

Qariyb 5 soatdan ortiqroq davom etgan uchrashuv davomida bugungi kunda tumanda mavjud muammolar bilan bir qatorda amalga oshirilayotgan o’zgarishar va istiqboldari re’jalar, shuningdek tadbirkorlik rivoji uchun mavjud imkoniyatlar to’g’risida atroflicha ma’lumot berildi. Hokim tuman ravnaqi uchun xizmat qilishi mumkin bo’lgan har qanday loyiha va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

Erkin muloqot ruhida o’tgan uchrashuv davomida tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan tashabbuskorlarning takliflari tinglandi, tuman ravnaqi yo’lida hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan masalalar muhokama qilindi.

 

Uchrashuv so’ngida ezgu maqsad yo’lidagi mazkur tashabbus debocha ekanligi, bu kabi yuzma-yuz muloqotlar kelgusida ham bundanda kattaroq formatlarda davom ettirilishi, ularda bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmagan tumandoshlar ham qamrab olinishi ta’kidlandi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM