1-sektor shtabida navbatdagi faollar yig‘ilishi o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shatibda navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi. Sektor rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov huzurida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosalari, hokimlik mas’ullari, tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Muhokama kun tartibida qish-bahor mavsumiga hududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish, yanvar-oktabr oylari holatiga aholi bandligini ta’minlashning prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi, eksport bo‘yicha reja va  investitsiya dasturlarining bajarilishi ahvoli, energotejamkor vositalardan foydalanishni joriy qilish borasidagi choralar natijadorligi, subsidiya asosidagi uy-joylarning qurilishi hamda ularga subsidiya va ipoteka krediti ajratilishi ahvoli, g‘alladan qisqartirilgan yer maydonlarini aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil qilish uchun auksion savdolari orqali ijaraga berilishi, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi ishlar kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud vaziyat tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan soha mas’ullari oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM