Bulung‘ur tumanida ommaviy murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi xalq qabulxonasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Bulung‘ur tumani Fozil Yo‘ldosh mahallasida ommaviy murojaatlar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov, sektor va tuman xalq qabulxonasi mas’ullari ishtirok etishib, fuqarolarning murojaatlarini qabul qildilar.

Jarayon davomida bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida shu joyning o‘zida atroflicha muhokama qilinib, ijrosi yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Har bir murojaat elektron ravishda ro‘yxatga olinib borildi. Qabul yakuniga ko‘ra jami 21 ta fuqaroning murojaati ijro uchun ro‘yxatga olingan bo‘lsa, shundan 1 tasi Samarqand shahar, 1 tasi Narpay, 2 tasi Urgut tumani fuqarolari tomonidan bildirildi.

Qabul davomida ro‘yxatga olingan har bir murojaat ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olinib, viloyatdagi boshqa shahar va tumanlardan kelgan fuqarolarning murojaatlari ham e’tibordan chetda qolmasligi bildirildi.

Qabul so‘ngida 1-sektor hududidagi “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlardan 26 nafariga pishiriq pechi hamda tikuv mashinalari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM