Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari qish mavsumida sport bilan qay darajada shug‘ullanadi?

Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi  “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni qabul qilingan.

Mazkur farmonining jismoniya tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning, o‘quvchilarning umumiy sonini oshirish to‘g‘risidagi 245 bandiga binoan joriy  yilda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 24 foizga oshirish, mahallalarda sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish, sport jihozlari bilan ta’minlash to‘g‘risida alohida masalalar belgilab berilgan.

Ushbu farmonning amaldagi ijrosini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashidagi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komisssiyasi a’zolari tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi jimsoniy-tarbiya va sport obyektlari o‘rganildi.

Qish mavsumida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi jismoniy-tarbiya va sport bilan shug‘ulunuvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Deputatlar tomonidan tumanda bir nechta maktablarda mahalla yoshlari va o‘quvchilarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘rib chiqilganda bir qancha kamchiliklar ko‘zga tashlandi.

Xususan, 5-sonli ixtisoslashtirilgan umumiiy o‘rta ta’lim maktibda barcha imkoniyatlar mavjud, lekin ushbu maktabning sport zali eshigi yangilashga muxtoj. Ushbu hududadagi 26-umimiy o‘rta ta’lim maktabining sport zali pol qismi ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hudduddagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida qish mavsumida o‘quvchi yoshlarga imkoniyat yaratish maqsadada sport zal qish kunlariga moslashtirib qayta ta’mirlanayotganligi va yangi jihozlar bilan ta’minlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra sohaga oid doimiy komissiyalar tomonidan tegishli tartibda mutasaddilarga murojatlar amalga oshiriladi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM